AsosiyJamiyat

Yangi format va o`zgacha ko`rinishdagi nodavlat telekanal - “MY5” bugun faoliyat boshlashi kutilmoqda

Yangi telekanalning nomi “Mening yurtim” bo`lib, “MY5” brendi ostida media sohasida namoyon bo`ladi. “MY5” ham aslida “Mening yurtim” so`z birikmasining bosh harflari hamda a`lo darajaning ko`rinishi bo`lgan 5 raqami birikuvidir.  

Kanal “Yoshlar madaniyat va san`at markazi”, “Kamolot” YoIH, O`zEOAVMA, “O`zbeknavo” Estrada birlashmasi kabi qator tashkilotlar muassisligida tashkil etilgan bo`lib, raqamli formatda Toshkent shahri va Toshkent viloyatlari hududida efirga uzatiladi.

Telekanal xodimlarining bergan ma`lumotiga ko`ra, kanal asosan yoshlar auditoriyasiga mo`ljallangan bo`lib, dasturlar ham aynan yosh jurnalistlar tomonidan tayyorlanadi.

“MY5”ning yana bir ahamiyatga molik tomoni shundaki, u O`rta Osiyoda ijtimoiy xarakterdagi roliklarni oyiga ming marotaba efirga uzatadigan birinchi raqamli kanaldir.  

“MY5” telekanali bugun o`z faoliyatini boshlashi kutilmoqda, biroq test rejimida dasturlarning soat nechada efirga uzatilishi haqda hozircha ma`lum qilinmadi.  

    Boshqa yangiliklar