AsosiyJinoyat

Urgutdagi ​qarindoshlar o`rtasidagi janjal qon to`kilishi bilan yakun topdi

'Urgutdagi ​qarindoshlar o`rtasidagi janjal qon to`kilishi bilan yakun topdi'ning rasmi

2019 yil 24 fevral kuni Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi I.E. shu mahalla hududida o`zaro janjal tufayli qarindoshi B.B.ni urayotgan vaqtida B.B.ning onasi voqea joyiga kelib, I.E.ning boshiga tosh bilan urib jarohat etkazgan.

Natijada I.E. kasalxonaga yotqizilib, ayol qo`lga olingan.

O`zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berishicha, holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar