1

"Sharq taronalari" xalqaro festivalini o`tkazish sanasi e`lon qilindi

Jamiyat 27.02.2019, 10:28
"Sharq taronalari" xalqaro festivalini o`tkazish sanasi e`lon qilindi

O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 26 fevralda "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivalini o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish chora-tadbirlari to`g`risida"gi qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, O`zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, O`zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi hamda Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahrida "Sharq taronalari" xalqaro musiqa festivali o`n ikkinchi marta 2019 yilning 26-30 avgust kunlari o`tkazilish haqidagi taklifi ma`qullandi.

Shuningdek, Qaror bilan Festivalga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazish bo`yicha Tashkiliy qo`mita tarkibi tasdiqlandi.

Festival doirasida "Sharq xalqlari an`anaviy musiqa san`atini rivojlantirish istiqbollari" mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o`tkaziladi. Unda xorijlik va mahalliy taniqli musiqashunos olim va mutaxassislar hamda tadqiqotchilar o`z ma`ruzalari bilan ishtirok etadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1