1

"Mehrli muzlatgichlar" muhtoj insonlarga yordam qo`lini cho`zmoqda

Jamiyat 27.02.2019, 11:30
"Mehrli muzlatgichlar" muhtoj insonlarga yordam qo`lini cho`zmoqda

Xabaringiz bor, O`zbekiston yoshlar ittifoqi qoshidagi Imkoniyati cheklangan yoshlar va bolalar markazi tashabbusi bilan Toshkent shahrining bir nechta ko`chalarida muhtoj insonlar uchun “Mehrli muzlatgichlar” astoydil xizmat qilib kelmoqda. Undagi “Kerak bo`lsa oling, imkon bo`lsa soling” degan yozuvlar kimnidir savob qilishga shoshirsa, kimgadir yordam qo`lini cho`zadi.

Mazkur loyiha Toshkent shahrining 15 dan ortiq hududida amalga oshirilib, aholi gavjum joylarda oziq-ovqatlar solingan muzlatgichlar o`rnatildi.

Loyihaning bir qismi bo`lgan “Mehrli muzlatgichlar” esa muhtoj insonlarga yordam qo`lini cho`zmoqda. Ular muzlatgichlardagi mahsulotlardan kerakligini olib, foydalanishyapti.

Har kuni homiylar tomonidan ushbu muzlatgich to`ldirib borilmoqda.

Loyiha respublikamiz bo`ylab amalga oshiriladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1