1

Buyuk Britaniyaning ta`lim dasturi joriy etildi

Jamiyat 27.02.2019, 13:50
Buyuk Britaniyaning ta`lim dasturi joriy etildi

Davlatimiz rahbari Oliy Majlisga qilgan murojaatnomasida 2019 yilning “Faol investisiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb e`lon qilinishi nafaqat moliyaviy investisiyalar, balki intellektual investisiyalarni qo`llab-quvvatlash vazifalarini amalga oshirishni ham belgilagandi.

Oliy ta`lim muassasalari nufuzini oshirish, nodavlat ta`lim muassasalari sonini ko`paytirish, sohaga yuqori malakali kadrlarni jalb etish va raqobatni kuchaytirish, nufuzli xorijiy oliy ta`lim muassasalari bilan hamkorlik o`rnatish zarurligini bugun davrning o`zi talab qilyapti.

Shu maqsaddapoytaxtimzning Mirzo Ulug`bek tumanida Buyuk Britaniyaning “NCUK FOUNDATION” konsorsiumi filiali bo`lgan “NCUK Foundation Tashkent” nodavlat ta`lim muassasasining rasmiy ochilish marosimi bo`lib o`tdi.

Unda Buyuk Britaniya qirolligining rasmiy vakillari, mamlakatning O`zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi, O`zbekiston Respublikasining Oliy Majlisi Senati a`zolari,

Qonunchilik palatasi deputatlari, O`zbekiston yoshlar ittifoqi, Oliy va o`rta maxsus ta`lim, Xalq ta`limi vazirliklari, Mirzo Ulug`bek tumani hokimligi, olimlar, mutaxassislar va talabalar ishtirok etdi.

Tadbirda ta`kidlanganidek, joriy yilning yanvar oyida Buyuk Britaniyaning“British Education” xalqaro ta`lim tashkiloti ta`sischiligida O`zbekistonda tashkil etilgan “Vritish Foundation Tashkent” nodavlat ta`lim muassasasi tomonidan halqaro ta`lim standartlari asosida 50 nafarga yaqin kollej, akademik lisey va maktab bitiruvchilariga “Foundation” dasturi bo`yicha ta`lim berish boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1