O`zbekistonning Isroildagi elchixonasiga 2019 yilning 24 fevral kuni diplomatik vakolatxonaga ushbu mamlakatga tibbiy ko`rikdan o`tish uchun kelgan, 1940 yilda tug`ilgan O`zbekiston fuqarosi Marat Zohidovning vafot etgani to`g`risida xabar kelib tushgan.
Bu haqda TIV axborotida xabar berilmoqda.
Ma`lum bo`lishicha, Isroil hukumatining ruxsati va qarindoshlarining roziligi bilan marhumning jasadi «O`zbekiston havo yo`llari» Milliy aviakompaniyasining navbatdagi reysida Toshkentga yuboriladi.






