AsosiyJamiyat

"Toshkent-Amritsar" yo`nalishida uchgan samolyot ortga qaytarildi

'"Toshkent-Amritsar" yo`nalishida uchgan samolyot ortga qaytarildi'ning rasmi

Bugun "Toshkent-Amristar" yo`nalishi bo`yicha havoga ko`tarilgan Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga tegishli Boeing 767 Toshkentga qaytishga majbur bo`ldi. Bu haqda MAK matbuot xizmati xabar berdi.

Pokiston va Hindiston ustidan tranzit parvozlarning yopilishi, Pokiston rasmiylari tomonidan g`arbiy havo yo`lagida parvozlarni amalga oshirishga qo`yilgan taqiq sababli samolyot ortga qaytarilgan.

MAK havo layneri Toshkent vaqti bilan soat 12:28 da Toshkent aeroportiga muvaffaqiyatli qo`ndirilgan.

    Boshqa yangiliklar