1

Samarqandga bu yil 500 ming xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

Jamiyat 27.02.2019, 19:24
Samarqandga bu yil 500 ming xorijiy sayyoh kelishi kutilmoqda

O`tgan yili Samarqand viloyatiga 100 dan ortiq davlatlardan 351 ming chet ellik hamda 2 million mahalliy sayyohlar tashrif buyurib, ularga 116,7 million dollarlik xizmatlar ko`rsatildi. Bu haqda viloyat hokimining o`rinbosari B.Nurullaev viloyat Kengashi deputatlariga hisobotida ma`lum qildi, deb yozadi "Zarnews.uz".

Joriy yilda viloyatga 500 ming xorijiy va 2,5 million mahalliy sayyohlar kelishi kutilmoqda. Turistik xizmatlar sifatini va ko`lamini kengaytirish, ularning vaqtini mazmunli tashkil etishda shart-sharoitlar yaratish evaziga sayyohlarning viloyatda bo`lish muddati 3-3,5 kungacha uzayadi. Turistik xizmatlar eksporti 220 million dollarga etkaziladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1