1

Ayubxon Kamalov Namangan viloyati hokimining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi

Jamiyat 27.02.2019, 19:29
Ayubxon Kamalov Namangan viloyati hokimining birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi

Ayubxon Kamalov Namangan viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha birinchi o`rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmati ma`lum qildi.

Ayubxon Kamalov 1971 yilda Namangan shahrida tug`ilgan. 1993 yilda Leningrad qishloq xo`jaligi instituti, 2001 yilda Namangan muhandislik-pedagogika institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 1993 yilda viloyat hokimligi huzuridagi Istiqbolni belgilash va statistika bosh boshqarmasi mutaxassisligidan boshlagan.

1994—2017 yillarda bank va Moliya vazirligi tizimlarida turli vazifalarda ishlagan.

2017 yildan hozirgi kungacha Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo`llab-quvvatlash davlat jamg`armasi ijrochi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1