Mayk Lining yangi kartinasi “Janob Tyorner” filmining Los-Anjelesdagi Chinese Theatre kinoteatrida bo`lib o`tgan taqdimoti vaqtida tomoshabinlar o`rtasida kelishmovchilik yuzaga keldi va gaz ballondan foydalanildi. Film Amerik kinosan`ati instituti festivalida namoyish etilayotgan edi.
Guvohlarning so`ziga ko`ra, janjal namoyish vaqtida telefonda gaplashgan ayol va undan bas qilishni so`ragan erkak o`rtasida sodir bo`lgan. Besh daqiqadan keyin o`rindiqlar ostidan o`tgan erkak ayoldan yana bir marta telefonda gaplashishni to`xtatishni so`raydi. Natijada esa uning yuziga kuchli gaz purkaladi.
Bu paytda butun zal kinofilmning voqealari qanday rivojlanishini ko`rish maqsadida ekranga ko`z tikib o`tirishardi. Ko`zlari ko`rmay qolgan erkak dugonasi bilan zalni tark etadi, unga hujum qilgan ayol esa xotirjam ko`rishda davom etadi. Biroq oradan 15 daqiqa o`tib, u zalni qo`riqchilar qurshovida tark etadi.





