1

Bo`lajak tadbirkor askarlar muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Jamiyat 27.02.2019, 19:53
Bo`lajak tadbirkor askarlar muvaffaqiyatga erishgan ishbilarmonlar bilan uchrashdi

Chirchiq oliy tank qo`mondonlik-muhandislik bilim yurtida Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 iyundagi “O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilarini ijtimoiy qo`llab-quvvatlashga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi 424-son Qarori ijrosini ta`minlash maqsadida bir qator tadbirlar amalga oshirilyapti.

Ana shunday tadbirlar doirasida kecha, 26 fevral kuni muddatli harbiy xizmatchilar Qibray tumanida turli yo`nalishlarda tadbirkorlik bilan shug`ullanuvchi ishbilarmonlar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur uchrashuvda “Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish va imtiyozli kreditlarni rasmiylashtirish uchun sertifikat”larni olishga yo`llanmani qo`lga kiritgan, harbiy xizmatdan so`ng tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishni istagan muddatli harbiy xizmatchilar qatnashdi.

Qibray tumanidagi “Saidbilol agro” chorva fermer xo`jaligi faoliyatini yuritib kelayotgan Jaloliddin Isaev, ko`p yillardan buyon parrandachilik bilan shug`ullanayotgan “Tabiat mehri” fermer xo`jaligi rahbari Shaxzod Yunusovning ish faoliyati namuna tarzida tanishtirilib, askarlarga muvaffaqiyatli tadbirkorlik borasida maslahat va tavsiyalar berildi.

Shuningdek, dehqonchilik va baliqchilik rivojiga katta hissa qo`shib kelayotgan xususiy tadbirkorlar faoliyati ham uchrashuv davomida askarlarning qiziqishiga sabab bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1