«O`zbekiston temir yo`llari» AJ Navro`z bayrami munosabati bilan 21—24 mart kunlari ichki reyslarga chegirmalar joriy etdi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabarida ma`lum qilingan.
Chegirmalardan quyidagi tartibda joriy etilgan:
- pensionerlar, nogironlar, 1941—1945 yillardagi urush qatnashchilari va ularga tenglashtirilgan shaxslar — 50 foiz chegirma;
- maktab o`quvchilari, kollej, lisey va OTMlar talabalari, IIV, Mudofaa vazirligi, DXX, Davlat soliq qo`mitasi, Davlat bojxona qo`mitasi va boshqa mahkamalar tizimidagi maxsus ta`lim muassasalari o`quvchilari va tinglovchilari (guvohnomalar taqdim etilganda) — 15 foiz;
- oilalar (ikki kishidan — er va xotin, er, xotin va ularning 18 yoshgacha bolalari; 18 yoshgacha farzandi bilan ota yoki ona, nikoh to`g`risidagi guvohnoma taqdim etilganda) — 15 foiz;
- jamoalar (to`rt va undan ortiq kishi) — 15 foiz.
Qo`shimcha qilinishicha, «Afrosiyob» tezyurar elektropoezdlarining barcha toifadagi yo`lovchilariga 10 foizlik chegirmalar taqdim etiladi.






