1

Avstriya ishbilarmonlari O`zbekistonga qiziqish bildirmoqda

Jamiyat 01.03.2019, 13:05
Avstriya ishbilarmonlari O`zbekistonga qiziqish bildirmoqda

Keyingi paytda O`zbekistonning Evropa mamlakatlari bilan munosabatlari yangi bosqichda rivojlanib bormoqda. Xususan, Avstriya Respublikasi ham mamlakatimiz bilan savdo-iqtisodiy sohalardagi aloqalarni mustahkamlashga harakat qilmoqda.

Joriy yilning 8-9 aprel kunlari poytaxtimizga bir qator Avstriya ishbilarmon doiralari vakillarining tashrifi ko`zda tutilgan. Tashrif asnosida ushbu mamlakatning qishloq xo`jaligi, sog`liqni saqlash, transport, gidroenergetika singari sohalarda faoliyat olib borayotgan VAMED, Bertsch-Laska, AndritzHydro, DiehlMetering, Frauscher, SKIDATA, Waagner-Biro singari 26 yirik kompaniyasi vakillarining o`zbekistonlik hamkorlar bilan uchrashuvlari o`tkazishadi.

Shu munosabat bilan Avstriyaning Almati shahridagi elchixonasi hamda Advantage Austria kompaniyasining mintaqaviy vakili Rudolf Taler Toshkentda ommaviy axborot vositalari bilan uchrashib, mazkur tashrifdan ko`zlangan maqsadlar haqida so`zlab berdi:

— O`zbekiston va Avstriya orasidagi masofa u qadar yaqin bo`lmasa-da, mamlakatlarimiz o`rtasida umumiy jihatlari talaygina, - deydi Rudolf Taler. — Avstriya Evropaning, O`zbekiston esa Osiyoning markazida joylashgan. Har ikki davlatlarning iqtisodiy imkoniyatlari keng. Biz ana shu imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz kerak. Bu borada so`nggi yillarda sezilarli o`zgarishlar ko`zga tashlanmoqda. 2018 yilning 11 oyi davomida mamlakatlarimiz o`rtasidagi savdo hajmi 108 million dollarga etdi. Bu oldingi yilga qaraganda ikki baravar ko`p. Avstriya fuqarolari uchun O`zbekiston tomonidan vizasiz tizim joriy etilgani ham munosabatlarimiz rivojida katta o`rin tutadi. Bu eng avvalo qadim tarixga ega bo`lgan yurtingizga avstriyalik turistlar oqimini ko`paytiradi, shu bilan birga ishbilarmonlarimizning O`zbekistonga kelib-ketishini osonlashtiradi.

Janob Talerning aytishicha, Advantage Austria muntazam tarzda Markaziy Osiyoda amalga oshirilgan o`ziga xos loyihalar uchun «Silk Road Biz Award» mukofotini topshirib kelinadi. Mukofotning bu yilgi g`oliblari orasida Zalsburg shahridagi «Oberhofer Stahlbau». Kompaniyasi ham bor. Toshkentda qurib bitkazilgan “Humo Arena” muz saroyi qurilishi loyihasi mazkur kompaniyaga tegishli ekani aytilmoqda.

Avstriyalik ishbilarmon tashrifi doirasi ikki mamlakat tadbirkorlari o`rtasida bir qator manfaatli bitimlar imzolanishi kutilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1