1

Vagondagi to`shak orasiga yashirilgan pnevmatik qurol qismlari fosh etildi

Jinoyat 01.03.2019, 19:08
Vagondagi to`shak orasiga yashirilgan pnevmatik qurol qismlari  fosh etildi

Qoraqalpog`iston Respublikasi bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan yo`lovchi poezdlaridagi bojxona qonunchiligi buzilishi holatlariga o`z vaqtida chek qo`yilmoqda, deb xabar berdi Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati.

“Qoraqalpog`iston” temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan “Moskva-Toshkent” yo`lovchi poezdida fuqaro Yu.S.ning yuklari bojxona ko`rigidan o`tkazilganida, ushbu shaxs vagon to`shagiga o`rab yashirgan holda 7 xil turdagi pnevmatik qurollarning 446 dona qismlarini mamlakatimizga olib kirishga uringanligi aniqlandi.

Shuningdek, fuqaro S.X. esa qiymati 112 million so`mdan ko`proq 173 grammdan ortiq zargarlik buyumlarini noqonuniy ravishda yurtimizga olib kelayotgan vaqtida bojxonachilar tomonidan to`xtatib qolindi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1