1

Restorandan chiqqan narkokurer qo`lga olindi

Jinoyat 01.03.2019, 19:10
Restorandan chiqqan narkokurer qo`lga olindi

Surxondaryo viloyati bojxonachilari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari bilan hamkorlikda giyohvand moddalarning g`ayriqonuniy aylanishiga chek qo`yishdi, deya xabar qildi Davlat bojxona qo`mitasi Axborot xizmati.

Jarqo`rg`on tumanida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida X.A ismli shaxs tumandagi restoranlarning biridan chiqish vaqtida to`xtatilib xolislar ishtirokida tekshiruvdan o`tkazildi.

Natijada, uning kiyimi cho`ntagida ikki dona gugurt qutisiga solingan giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi. Ekspertiza xulosasiga ko`ra, ushbu giyohvandlik moddasi og`irligi 6,70 grammni tashkil etuvchi marixuana ekanligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1