1

Namangandagi Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi butkul yangilanadi (foto)

Jamiyat 02.03.2019, 04:37
Namangandagi Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi butkul yangilanadi (foto)

Namangan shahrida joylashgan Nodirabegim nomidagi axborot-kutubxona markazi tashkil topganiga bu yil 100 yil to`ldi. 570 mingdan ortiq kitob fondiga ega ushbu ziyo maskani barcha axborot-resurs markazlariga uslubiy ko`mak berib kelmoqda.

Kutubxonada qulay shart-sharoit yaratish, kitobxonlarga zamonaviy andazalarda xizmat ko`rsatishga erishish zamon talabiga aylanmoqda.

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi mazkur bino va u joylashgan huddudni rekonstruksiya qilish, axborot-kutubxona markazini tubdan modernizasiyalash bo`yicha keng qamrovli loyiha tayyorlagan.

Ushbu loyiha asosida endilikda bu ziyo majmuasi:

– mamlakatimiz nashriyotlarida chop etilayotgan kitoblar va chet el yozuvchilarining asarlari bilan yanada boyitiladi;

– zamonaviy telekommunikasiyalar yordamida masofadan turib mamlakatimiz va ilg`or xorijiy davlatlar kutubxonalaridagi resurslardan foydalanish imkoni yaratiladi;

– kitobxonlarga bilim va axborot olishlari uchun shinam sharoit yaratiladi;

– o`quv hamda anjumanlar zallari ko`rkam va bejirim ko`rinishga ega bo`ladi.

Bir so`z bilan aytganda, kutubxona hozirgidan ikki barobar ko`p foydalanuvchiga xizmat ko`rsata oladigan imkoniyatga ega bo`ladi.

Yurtboshimiz mazkur loyiha bilan tanishar ekan, uni qo`llab-quvvatlashini, jumladan, ushbu ma`naviy qimmatga ega loyihani qisqa muddatda amalga oshirish lozimligini ta`kidladi. Shuningdek, qariyb yarim gektarga teng maydonda joylashgan kutubxona tevaragini kitob mutolaasiga qulay osoyishta, bo`lishi lozimligini qayd etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1