1

Rossiyadagi YTHda o`zbekistonlik ayol halok bo`ldi

Jamiyat 02.03.2019, 04:57
Rossiyadagi YTHda o`zbekistonlik ayol halok bo`ldi

Rossiyaning Volgograd viloyatida engil avtomobil yuk mashinasi bilan to`qnashib ketdi, deb xabar qildi Sputnik.

Xabarda qayd etilishicha, YTH Volgograd – Moskva yo`nalishidagi trassaning 765-kilometrida sodir bo`lgan. YTH oqibatida uch nafar erkak va ikki nafar ayol kishi halok bo`lgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, fojiaga yozgi shinada bo`lgan Mitsubishi rusumli avtomobil g`ildiragining yorilib ketishi sabab bo`lgan bo`lishi mumkin.

Halok bo`lgan barcha fuqarolarning shaxsi aniqlangan. Ular orasida 1965 yilda tug`ilgan o`zbekistonlik ayol ham bor. Uning Volgograd viloyati Mixaylovo qishlog`ida istiqomat qilish guvohnomasi (VNJ) bo`lgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1