1

Soliq to`lovchilarga bevosita hududlarning o`zida servis xizmatlari ko`rsatilmoqda

Jamiyat 02.03.2019, 10:16
Soliq to`lovchilarga bevosita hududlarning o`zida  servis xizmatlari ko`rsatilmoqda

Xorazm viloyatida 36 mingdan ortiq xo`jalik yurituvchi sub`ektlar mavjud bo`lib, 23 mingdan ortig`i yuridik shaxslar, qolgani yakka tartibdagi tadbirkorlardir, deb xabar berdi Xorazm viloyati Davlat soliq boshqarmasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot sho``basi.

Soliq islohotlari konsepsiyasiga binoan umumbelgilangan soliq turiga o`tgan tadbirkorlarning soni 1500 taga etdi. Bundan tashqari, soliq to`lovchi fuqarolar va investorlarga soliq turlarining qisqarishi, soliq yukining kamayishini batafsil tushuntirish va maslahatlar berish uchun har bir davlat soliq inspeksiyasida bittadan, jami viloyat bo`yicha 12 ta “Soliq-servis” DUKning xizmat ko`rsatish markazlari faoliyat yuritmoqda.

Soliq tizimi faoliyatining ochiqligi, shaffofligini ta`minlash, soliq to`lovchilar bilan munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqish va hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida faoliyat ko`rsatayotgan “Soliq-servis” markazlari zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari bilan to`liq ta`minlanib, malakali soliq mutaxassislari tomonidan servis xizmatlari yo`lga qo`yilgan.

“Soliq xizmati – insofli soliq to`lovchilarning ishonchli hamkori” tamoyili asosida soliq to`lovchilarga xizmat ko`rsatilayotgan “Soliq-servis” markazlari faoliyatidan tadbirkorlik sub`ektlari ham mamnun.

Mazkur markazlar soliq to`lovchilarga soliq majburiyatlarni bajarishda texnik jihatdan ko`maklashmoqda. Bu esa hisobotlarni to`g`ri yuritish va deklarasiyalarni topshirishda soliq to`lovchilarga yaqindan amaliy yordam bo`lib xizmat qilmoqda.

Shu bilan birga, 24 soat davomida faoliyat yurituvchi “Call-markaz” orqali aholiga axborot-maslahat xizmatlari ko`rsatilmoqda.

Davlat soliq qo`mitasi huzuridagi Malaka oshirish markazining Xorazm viloyati filiali tajribali mutaxassislari tomonidan korxona rahbarlari va hisobchilariga seminar-trening hamda o`quv kurslari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.

Muxtasar qilib aytganda, har bir tumanda tashkil etilgan “Soliq-servis” markazlari soliq to`lovchilar bilan bevosita o`sha hududning o`zida doimiy asosda ishlab, soliq majburiyatlarini o`z vaqtida bajarishlarida ishonchli maslahatchisiga aylanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1