AsosiyJinoyat

Andijonda diniy aqidaparastlik g`oyalarini internet orqali tarqatganlarga jazo tayinlandi

'Andijonda diniy aqidaparastlik g`oyalarini internet orqali tarqatganlarga jazo tayinlandi'ning rasmi

Andijon shahri Maydonbozor mahallasida yashovchi 27 yoshli N.Vohidov internetda – Telegram messenjerida “Billo Vohidov” profilini ochib, diniy aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan maxsus nomlangan ma`ruzani “Doʻstlarim” nomi bilan tashkil etilgan virtual guruh a`zolariga tarqatgan.

O`zA xabariga ko`ra, u bu harakati bilan yurtimizdagi ko`plab yoshlarning ongini zaharlashga uringan.

Andijon tumani Yangiobod mahallasida yashovchi J.Qobilov esa qirq yoshni qoralagan, uch farzandning otasi. U ham o`zining uyali telefoni hamda kompyuter orqali “odnoklassniki.ru” ijtimoiy tarmog`ida o`ziga notanish profil egalaridan biri bilan do`stlashadi. Tanishi yomon ish emas, lekin notanish profil egasi tomonidan yuborilgan jihod va shahidlikka da`vat qiluvchi, diniy aqidaparastlik g`oyalari bilan yo`g`rilgan audio va video ma`ruzalarini tinglab, ularni “Do`stlar” guruhidagi shaxslarga tarqatgan.

Andijon shahar Maishiy xizmat kasb-hunar kollejida Jinoyat ishlari bo`yicha viloyat sudi raisi o`rinbosari Adhamjon Mirzaev raisligida bo`lib o`tgan sayyor sudda yuqoridagi shaxslarning jinoiy ishi ko`rib chiqilib, ularga nisbatan tegishli jazo belgilandi.

Sud hukmiga ko`ra, ularning har ikkalasiga besh yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Lekin sud insonparvarlik tamoyillarini, ularning o`z qilmishlaridan pushaymonligini inobatga olib hamda mahalla fuqarolar yig`ini, ota-onalari kafilligi bilan jazoni shartli deb belgiladi, ularga 3 yil sinov muddati berildi.

    Boshqa yangiliklar