1

Omonulla Madaev 76 yoshida vafot etdi

Jamiyat 03.03.2019, 08:38
Omonulla Madaev 76 yoshida vafot etdi

O`zbekiston Xalq ta`limi a`lochisi, taniqli adabiyotshunos olim «Do`stlik» ordeni sohibi, ustozimiz Omonulla Madaev 2 mart kuni 76 yoshida vafot etdi.

Omonulla Madaev 1942 yilning 20 mayida Toshkent shahrida tug`ilgan. 1964 yil Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetini tamomlagan.

1958 yil Toshkent shahar 1-sonli maktab-internat o`qituvchisi, 1964 yil Toshkent shahar 82-sonli o`rta maktab o`qituvchisi sifatida ishlagan.

1966 yil ToshDU O`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida ishlagan, 1982 yildan Toshkent davlat universitetining o`zbek mumtoz adabiyoti kafedrasida dosent lavozimida faoliyat olib borgan.

Omonulla Madaev so`nggi manzilga 3 mart kuni «Shayx Zayniddin ota» masjidida peshin namozi vaqtida kuzatilishi aytilmoqda.

Biz tahririyatimiz ijodkorlari nomidan ustozning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1