Engil atletikaning langarcho`p bilan sakrash yo`nalishi bo`yicha 2 karra Olimpiada, 3 karra jahon chempioni Elena Isinbaeva Toshkentga keldi. Bu haqda Milliy Olimpiya qo`mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Afsonaviy sportchini kutib olish marosimida O`zbekiston Milliy Olimpiya qo`mitasi mutasaddilari va sportga ixtisoslashgan OAV vakillari va muxlislar ishtirok etdi.
Elena Isinbaeva tashrifi davomida «Nafosat-2019» ayollar spartakiadasining tantanali taqdirlash marosimida ham qatnashadi. Shuningdek, 4 mart kuni 11:00 da MOQda sportchi bilan matbuot anjumani tashkil qilish rejalashtirilgan.