1

O`zbekiston havo yo`llari samolyoti yo`lakdan chiqib ketdi (foto, video)

Jamiyat 03.03.2019, 19:53
Teglar: Video
O`zbekiston havo yo`llari samolyoti yo`lakdan chiqib ketdi  (foto, video)

2 mart kuni Moskva vaqti bilan soat 21:59 da “O`zbekiston havo yo`llari”ning HY631 reysi bilan Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan Boeing-767 yo`lovchi samolyoti "Pulkovo" aeroportida qo`ngandan so`ng, old g`ildiraklari uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketgan. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Unda qayd etilishicha, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q va samolyotga zarar etmagan. Yo`lovchilarni evakuasiya qilishga zaruriyat yuzaga kelmadi.

Hodisaning ehtimoliy sababi sifatida noqulay ob-havo sharoiti va yo`lakning holati keltirilmoqda.Samolyot bortida 241 nafar yo`lovchi va 15 nafar ekipaj a`zosi bo`lgan.

“Pulkovo“ aeroportidagi voqea yuzasidan Rossiya Federasiyasi tergov qo`mitasi va Rosaviasiya tergov olib bormoqda.

Favqulodda holat sababli HY632 - reysi keyinga qoldirildi. Milliy aviakompaniya tomonidan Sankt Peterburgda yo`lovchilarni mehmonxonalarga joylashtirish choralari ko`rilgan.

"Aviakompaniya ma`muriyati vaziyatni imkon qadar tezroq hal qilish uchun barcha choralarni ko`radi va har qanday noqulaylik uchun barcha yo`lovchilardan uzr so`raydi", - deyiladi xabarda.


Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1