1

Toshkent-Buxoro yo`lida Nexia yonib ketdi

Jamiyat 03.03.2019, 20:50
Toshkent-Buxoro yo`lida Nexia yonib ketdi

Toshkent - Buxoro yo`nalishidagi magistral yo`lning Sirdaryo viloyatidan chiqish qismi vaqtincha yopib qo`yildi. Bu haqda “Xalq so`zi“ muxbiri xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, bunga ayni shu hududda “Neksiya” rusumidagi avtomobil yonib ketgani sabab bo`lgan.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, avtomobil Andijon viloyatida yashovchi fuqaroga tegishlidir. O`t o`chiruvchilar etib kelguniga qadar, barcha alanga o`chirilishini kutib turgan.

Mashina ichida bo`lganlarning alanga boshlangan vaqtda salondan chiqib ulgurgani aytilmoqda.

Ko`ngilsiz hodisa sabablari haqida ma`lumot yo`q. Olov qanday kelib chiqqani ham noma`lum bo`lib turibdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1