1

Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan HY631 reysi bilan bog`liq voqealar tafsiloti ma`lum qilindi

Jamiyat 04.03.2019, 10:00
Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan HY631 reysi bilan bog`liq voqealar tafsiloti ma`lum qilindi

“O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasining Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvoz qilgan Boeing-767 yo`lovchi samolyoti 2 mart kuni Moskvaning “Pulkovo“ aeroportida qo`ngandan so`ng, old g`ildiraklari uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketgani haqida avval xabar bergandik.

Kecha, 3 mart kuni “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi ushbu voqea yuzasidan matbuot anjumani tashkil qilindi.

Unda “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasi Uchuvchilar majmuasi rahbari Denis Solodovnikov jurnalistlarga quyidagilarni ma`lum qildi, deb yozmoqda O`zA.

– Joriy yilning 2 mart kuni “O`zbekiston havo yo`llari” milliy aviakompaniyasiga tegishli HY631 reysi bilan Toshkentdan Sankt-Peterburgga parvozni amalga oshirgan Boeing-767 yo`lovchi samolyoti Moskva vaqti bilan soat 21:59da “Pulkovo“ aeroportida qo`nishni amalga oshirish chog`ida, uning old g`ildiraklari uchish-qo`nish yo`lagidan chiqib ketdi. Hodisa oqibatida favqulodda holat yuz bermagani uchun yo`lovchilarni evakuasiya qilishga hojat yo`q edi. Qayd etish joiz, buning natijasida hech kim jabrlanmagan samolyotga zarar etmagan.

Havo kemasiga to`xtaladigan bo`lsak, u to`liq parvozga shay holatda, qulay ob-havo sharoitida mamlakatimiz havo kengliklari uzra parvoz qilgandi. Reys amalga oshirilishi oldi samolyot to`liq texnik ko`rikdan o`tkazilgan va ijobiy xulosaga ega.

Samolyot belgilangan manzilga etib boradi. Bu paytda esa “Pulkovo“ aeroportida tun bo`yi qor yoqqan. Aeroport uchish-qo`nish yo`lagi doimiy qordan tozalanib turilgani uchun parvozlarni amalga oshirish uchun hech qanday to`siq yo`q edi. Havo kemasi komandiri barcha vaziyatni inobatga olib, qo`nish uchun qaror qabul qiladi.

Shundan so`ng samolyot belgilangan tartibda qo`ndiriladi. Kema esa to`liq to`xtash holatiga o`tganiga qaramasdan sirg`alishda davom etadi va old g`ildiraklari yo`lakdan chiqib ketadi. Bunday vaziyatda fuqarolar jabr ko`rmagan va samolyotga texnik shikast etmagan bo`lsa-da, xavfsizlik nuqtai nazaridan uchuvchi komandirining so`roviga ko`ra, aeroport xodimlari voqea joyiga etib keladi va bortda bo`lganlarni odatdagi tartibda kutish zali tomon kuzatib qo`yadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1