Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari hamda huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organ xodimlari bilan hamkorlikda hujjatsiz tovarlarni noqonuniy olib kirilishiga doir yana bir bojxona qoidabuzarligi fosh etildi.
O`tkazilgan tezkor tadbir davomida fukaro M.R. boshqaruvidagi
“GAZ-3109” rusumli avtomashinasi Yangiqo`rg`on tumanida to`xtatilib, xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada ushbu avtomashina yukxonasidan hech qanday xujjatlari bo`lmagan jami 82 million so`mlik 1605 dona kiyim-kechaklar borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.