AsosiyJamiyat

Pochta jo`natmalari orqali yuborilgan psixotrop dori vositalari fosh etildi

'Pochta jo`natmalari orqali yuborilgan psixotrop dori vositalari fosh etildi'ning rasmi

Amaldagi tartiblarga ko`ra, giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlarni pochta jo`natmalarida, shu jumladan xalqaro pochta jo`natmalari orqali jo`natish taqiqlangan bo`lishiga qaramay, bu kabi qonunbuzarlik holatlari uchrab turibdi.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining “Bosh pochtampt” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari shu turdagi qoidabuzarliklarni fosh qilishdi.

Jumladan fuqaro S.O`. nomiga xorijdan yuborilgan pochta jo`natmasi bojxona nazoratidan o`tkazilganda bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 36 dona “Rokacet plus” nomli inson ruhiyatiga salbiy ta`sir etuvchi psixotrop dori vositalari borligi ma`lum bo`ldi.

Shunga o`xshash holatda xorijdan kelgan pochta jo`natmasida 150 dona “Alprazolam ratiopharm 0,5 mg” nomli psixotrop dori vositaci borligi aniqlandi.

Shuningdek, xorijdan fuqaro Sh.T. nomiga yuborilgan pochta jo`natmasi ham bojxona nazoratidan o`tkazilganda bojxona deklarasiyasida ko`rsatilmagan 6 turdagi salkam 480 dona dori vositalari hamda psixotrop dori vositalari borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar