Fin olimlari odam necha yoshdan boshlab dangasalik qilishini aniqlashdi, deya xabar berdi Vesti-yamal.ru nashri.
Olimlarning aytishicha, odamda etti yoshdan dangasalik kuchayar ekan.
Shuning uchun ham birinchi sinf o`quvchilarida o`qishga qiziqish kamayib, erinchoqlik boshlanadi. Albatta, bu bolaning mizojiga ham bog`liq bo`ladi.
Ekspertlar bolalarning dangasaligini ularning jismoniy faolligini ushlab turish bilan yo`qotish mumkinligini aytishmoqda.