AsosiyJamiyat

Davlat xizmatlari agentligi direktori “Doing business” reytingida O`zbekiston poziyasini yaxshilashga bag`ishlangan tadbirda nutq so`zladi

'Davlat xizmatlari agentligi direktori “Doing business” reytingida O`zbekiston poziyasini yaxshilashga bag`ishlangan tadbirda nutq so`zladi'ning rasmi

Poytaxtimizda ““Doing business” reytingida O`zbekiston pozisiyasini yaxshilash: erishilgan natijalar va ustuvor yo`nalishlar” mavzusidagi davra suhbati bo`lib o`tmoqda. Kun tartibida — O`zbekiston biznes-muhitini yaxshilash va tadbirkorlikka yanada keng erkinliklar berish uchun amalga oshirilayotgan islohotlarni keng jamoatchilikka etkazish.


Umuman olganda, ushbu reyting 10 ta ko`rsatgich bo`yicha baholanadi. Ulardan eng birinchi va asosiy etib hisoblanadigani — biznesni ro`yxatdan o`tkazish ko`rsatgichi.

Tadbirkorlik dunyosiga ilk qadam Davlat xizmatlari markazlaridan boshlanadi — aynan bu erda biznesni ro`yxatdan o`tkazish jarayoni amalga oshiriladi. Shuning uchun, ushbu ko`rsatgich bo`yicha pozisiyani yaxshilash Adliya vazirligiga yuklatilgan.

Tadbirkorlikni ro`yxatdan o`tkazish indikatori bo`yicha davlat xizmatlari sohasida amalga oshirilgan ishlar haqida Davlat xizmatlari agentligi direktori H. Turaxujaev so`zlab berdi.

— Bugun maxsus avtomatik tizim ishga tushirilgani bois Davlat xizmatlari markazlarida biznesni ro`yxatdan o`tkazishga 15-20 minut vaqt ketadi. Bundan tashqari, ushbu jarayonni masofadan turib, “onlayn” amalga oshirish imkoni mavjud. Fuqarolar ko`proq elektron davlat xizmatlaridan foydalanishlari uchun esa, tadbirkorlikni “onlayn” tarzda ro`yxatdan o`tkazganda davlat bojini bor yo`g`i yarmi to`lanadi, — deya ishtirokchilar e`tiborini tortdi H. Turaxujaev.

Ta`kidlanganidek, bugungi kunda O`zbekistonda biznes yuritishni soddalashtirish uchun bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, tadbirkorlikni davlat ro`yxatidan o`tkazgandan so`ng, Davlat xizmatlari markazining o`zida bir necha daqiqada banq hisobraqamini ochish mumkin.

Taqqoslaydigan bo`lsak, ilgari ushbu jarayon 1 ish kunini talab etardi. Bank hisobraqamini ochish uchun tijorat bankining filiallaridan biriga murojaat qilish va tegishli arizadan tortib direktor va buxgalterni tayinlash to`g`risidagi qarorga qadar bir qator hujjatlar taqdim etish kerak edi. Ushbu hujjatlar taqdim etilgandan so`nggina bank bilan ikki tomonlama shartnoma imzolanardi.

Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ushbu jarayon ancha soddalashtirildi. Hozirda bank hisobraqamini tadbirkorlik sub`ektini ro`yxatdan o`tkazish jarayonida ochish imkoni mavjud.

Murojaatchi so`rovnomani to`ldiradi va davlat ro`yxatidan o`tkazish jarayonining o`zida istalgan tijorat bank filialini tanlaydi. Umuman olganda, ro`yxatdan o`tkazish bilan birgalikda ushbu jarayon 30 minutdan ko`p bo`lmagan vaqtni talab etadi.

Mazkur xizmat joriy yilning mart oyida ishga tushirilgan. Ushbu qisqa fursatda bank hisobraqamini davlat ro`yxatidan o`tkazish jarayonida ochish uchun 1 512 ta ariza kelib tushdi. Ulardan 394 tasi elektron tarzda fo.birdarcha.uz portali orqali kelib tushdi.

iznes yuritishda yuzaga keladigan byurokratik to`siqlardan voz kechish uchun ham katta ishlar olib borildi. Masalan, 2019 yil 1 martdan boshlab tadbirkorlik sub`ektlaridan hujjatlarda muhr bosishni yoki hujjatlarni muhr bilan tasdiqlash tartibi bekor qilindi.

Kelgusida tadbirkorlik so`b`ektlarining ro`yxatdan o`tkazilgan majburiyatlar haqidagi, ta`qiq yoki boshqa cheklovlar mavjudligi haqidagi ma`lumotlar, ko`char mulkua bo`lgan lizing majburiyatlari my.gov.uz portalida mavjud bo`ladi. Bugungi kunda Davlat xizmatlari agentligi tomonidan ushbu vazifalarni tezkor amalga oshirish uchun zarur jarayonlar boshlab yuborildi.

Takidlash joizki, Agentlik jamoasi sa`y-harakatlari natijasida yuridik shaxslarning ustav fondi miqdori bo`yicha majburiy talablar bekor qilindi. Bu, endilikda ustav fondi miqdori faqatgina lisenziya talablari bilan cheklanishi mumkin ekanligini anglatadi.

Yuqorida O`zbekistaonda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun amalga oshirilgan eng muhim ishlar keltirilgan. Albatta, Davlat xizmatlari agentligi ushbu yo`nalishdagi ishlarini davom ettiradi. Biz biznesni boshlash va yuritish uchun maksimal qulay muhitini yaratishga harakat qilamiz.

    Boshqa yangiliklar