Buyuk britaniyalik turist Taylanddagi restoranlardan birida ovqat uchun 90 marta ko`p pul to`ladi, deya xabar berdi TASS nashri.
Krabi shahrida 48 yoshli Saymon va uning do`stlari restoranlardan biriga kiradi. Bazmdan so`ng Saymon hisobni so`raydi va bank kartasini beradi. Biroq noma`lum sabablarga ko`ra, hisob summasi 8,1 ming dollar bo`lib terilib ketadi. Bunga e`tibor qilmagan britaniyalik PIN-kodni teradi.
Shunday qilib, britaniyalik turist egan-ichgani uchun 90 barobar ko`p to`laydi. Restoran menejeri Alorn Sarem keyinroq bu buxgalteriya xatosiga ko`zi tushadi va darhol polisiyaga xabar berib, xorijlik turistni izlab topadi va uning ortiqcha to`lagan pullarini qaytarib beradi.