AsosiyJinoyat

“Isuzu”ga ortilgan mevalar manziliga etib borolmadi

'“Isuzu”ga ortilgan mevalar manziliga etib borolmadi 'ning rasmi

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limixodimlari boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari bilan hamkorlikda sifati kafolatlanmagan mahsulotlarni yurtimizga noqonuniy olib kirilishini oldini olishdi.

Tezkor tadbirda, “Namangan-Toshkent” yo`nalishida harakatlanib ketayotgan fuqaro Q.R boshqaruvidagi “ISUZU” yuk avtomashinasi to`xtatilib belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, avtomashina yukxonasida xorijda etishtirilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, 55 million so`mlik, og`irligi 2930 kilogramm bo`lgan banan va mandarin sitrus mevalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar