O`smir yigit Yangi Zelandiyadagi terakt haqida gapirgan senatorning boshiga tuxum bilan urdi, deb xabar bermoqda ABC News nashri.
Gap shundaki, senator Freyzer Enning Yangi Zelandiyaning Kraystcherchida ro`y bergan terakt haqida “qon to`kilishining chinakam sababi” degan edi.
Enning Melburnda jurnalistlarga intervyu berayotganda bir o`smir yigit senatorning boshiga tuxum urib yoradi. Senator yigitchaga bir-ikki tarsaki tushirishga ulguradi. Shundan keyin ularni ajratib qo`yishadi.