1

Qarzdor 15 kun ichida 59 million so`m to`ladi

Jinoyat 07.06.2019, 11:51
Qarzdor 15 kun ichida 59 million so`m to`ladi

Jinoyat ishlari bo`yicha Farg`ona tuman sudining hukmi bilan sudlanuvchi A.Yormatov O`zbekiston Respublikasi JKning 25. 182-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, unga nisbatan eng kam ish haqining 292 baravari miqdorida 59 million 197,1 ming so`m jarima jazosi tayinlangan.

Mazkur jinoiy jarimani undirish bilan bog`liq ijro hujjati Byuroning Farg`ona tuman bo`limiga 27.05.2019 yilda kelib tushgan. Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to`g`risida”gi Qonuniga asosan jarimani to`lash uchun 15 kunlik ixtiyoriy muddat belgilangan hamda ushbu muddat tamomlangach, majburiy ijro harakatlari amalga oshirilishi va uning huquqiy oqibatlari tushuntirilgan.

Qonun talablari mohiyatini to`g`ri anglagan qarzdor A.Yormatov 59 million 197,1 ming so`m jarimani naqd shaklda to`liq to`lab berdi. Bu bilan fuqaro A.Yormatov ham vaqtini, ham naqdini tejab qoldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1