AsosiyJinoyat

Jo`xorilar orasiga nima ekilgan edi?

'Jo`xorilar orasiga nima ekilgan edi?'ning rasmi

Bojxona xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarining g`ayriqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yishdi.

Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari huquqni muhofaza qiluvchi boshqa idoralar vakillari bilan hamkorlikdaChiroqchi tumanida tezkor tadbir o`tkazishdi. Tadbir davomida Chiroqchi tumanida fuqaro
X.Z. ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi. Natijada, hovlining tomorqa er maydonida uzum toklar orasida 4 tup “Kannabis” giyohvandlik o`simligi yashirin tarzda parvarishlab kelinayotganligi fosh etildi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib mazkur tumanda yashaydigan yana bir fuqaro B. Ch. ning ham yashash xonadoni belgilangan tartibda tekshirildi. Natijada, hovlidagi jo`xori o`simligi ekilgan maydonda yashirin tarzda 6 tup “Kannabis” giyohvandlik o`simligi noqonuniy parvarishlab kelinayotganligianiqlandi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar