AsosiyJinoyat

“Neksiya”ga yashirilgan 283 million so`mlik uyali telefonlar fosh etildi

'“Neksiya”ga yashirilgan 283 million so`mlik uyali telefonlar  fosh etildi'ning rasmi

Bojxona xodimlari uyali telefonlarning noqonuniy aylanmasiga o`z vaqtida chek qo`yishmoqda.

Farg`ona viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan Marg`ilon shahrida o`tkazilgan tezkor tadbir davomida shu kabi huquqbuzarlik holati aniqlandi.

Tadbir davomida, “Vodil-Farg`ona-Marg`ilon” yo`nalishida harakatlanayotgan fuqaro M.X boshqaruvidagi “Neksiya-2” rusumli avtomashina Marg`ilon shahrida to`xtatilib ko`zdan kechirildi.
Natijada avtomashina yukxonasida muqaddam qo`shni mamlakatdan olib kirilgan, xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli hujjatlari bo`lmagan, 9 turdagi 283 million so`mlik 262 dona uyali aloqa vositalari borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar