1

Yo`qotilgan Aleksandriya: Amudaryo qirg`og`idagi Iskandar Maqduniy qal`asi

Jamiyat 15.07.2019, 09:41
Yo`qotilgan Aleksandriya: Amudaryo qirg`og`idagi Iskandar Maqduniy qal`asi

“O`zbekiston – buyuk yo`llar va sivilizasiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” Meros haftaligi mehmonlarini Termizda ko`plab hayratga soluvchi kashifiyotlar kutmoqda.Ulardan biri Oksiana Iskandariyasi – O`zbekiston hududidagi eng qadimiy arxeologik yodgorliklaridan biri Kampirtepa shaharchasi bilan bog`liq. Bu miloddan avvalgi IVasr oxiri va miloddan avvalgi Iasrga qadar mavjud bo`lgan Amudaryo sohilidagi (qadimda Oks) port shahar harobalaridir.

Haftalik ishtirokchilariga akademik E.Rtveladze boshchiligidagi nufuzli o`zbek olimlari tomonidan so`nggi yillarda olib borilgan ulkan ishlar natijalari ilk marta aynan shu erda e`lon qilinadi. Ko`p yillar davomida ilmiy jamoatchilik vakillari “Oksiana Iskandariyasi qaerda - Eski Termizdami, Oy-xonumdami yoki Kampirtepada?” degan savol atrofida munozara olib borishgan. Kongress davomida jahon ilm-fan hamjamiyati, jamoatchilik va OAV vakillarini qadimiy grek tarixchisi va geografi Ptolemey asarlarida yodga olingan va ellinistik madaniyatning Markaziy Osiyodagi g`aroyib yodgorligi sanalgan afsonaviy Oksiana Iskandariyasi Kampirtepa shaharchasi ekani borasidagi ko`z ko`rib, quloq eshitmagan ma`lumotlar kutmoqda. Ushbu taxminni tasdiqlovchi arxeologik ma`lumotlar orasida eng avvalo, Oks bo`ylab g`arbdan sharqqa 400 metrdan ortiq masofaga cho`zilgan port-shaharning o`lchamlari, shuningdek, mustahkam frurion – eshikli, ko`cha va ibodatxonaga ega, θησαυρὸς (qurbonliklar, muqaddas narsalarni saqlash joyi), mayoqli portni o`z ichiga olgan nekropol va bandargoh, rivojlangan shaharsozlik tuzilmasi, savdo nuqtalari va hunarmandlar ustaxonalaridan iborat kemalar to`xtaydigan joy alohida ahamiyat kasb etadi.

Olimlar tomonidan uch shaharcha – Oy-Xonim, Eski Termiz va Kampirtepaning tahlil etilgan ma`lumotlari shuni ko`rsatadiki, faqat Kampirtepadagina ikkita shahardan farqli ravishda makedoniyalik Iskandarning miloddan avvalgi 329–327 yillarda maydoni o`lchamlari bo`yicha katta, rivojlangan shaharsozlik tuzilmasiga, qudratli istehkomlar va kapital inshootlarga ega Transoksianaga yurishi haqida guvohlik beruvchi ishonchli materiallar olingan. Bu afsonaviy Oksiana Iskandariyasi ekani ehtimoli bor. Qal`a jar bilan qurshab olingan asosiy harbiy inshoot, qal`a devori va minorali “quyi shahar” va mahkamlanmagan shahar chekkasidan iborat. Arxeologlar bu erdan ilk ellinistik, grek-Baqtriya va Kushon-Yuechji davriga tegishli yaxshi saqlangan madaniy qatlamlarni topishgan. Ko`p sonli topilmalar, shuningdek shahar arxitekturasining o`ziga xosligi Kampirtepada bir necha asrlar davomida turli madaniyat va dinlar tinch-totuvlikda mavjud bo`lgani haqida guvohlik beradi.

Bu erda zardushtiylar, buddaviylar, ma`jusiylar, shuningdek boshqa mahalliy dinlar vakillari yashashgan. O`zbek ilm-fani tarixida ilk marta Meros haftaligi ishtirokchilariga Oksiana Iskandariyasining 3D shaklidagi installyasiyasi taqdimoti o`tkaziladi. U qadimiy shaharchani tiklaydi va ushbu arxeologik yodgorlik bilan uning ilk ko`rinishida batafsil tanishish imkonini beradi.Shuningdek, keng jamoatchilikni tarix va madaniyatning mashhur yodgorliklari bilan tanishtirish uchun cho`ntak kitobchasi – pocket book shaklidagi “Oksiana Iskandariyasi (Kampirtepa)” va “Kushonlar: sulola, xalq, yozuv” risolalari taqdim etiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1