AsosiyJamiyat

Toshkentdagi mehmonxonalar, aeroport hududlarida ko`proq tvit yozilishi ma`lum bo`ldi

iLike.uz blogi xodimlari toshkentlik Twitter foydalanuvchilari qaysi hududlarda faolroq ekanligini tvitlarning joylashgan o`rnini aniqlovchi xarita orqali tekshirib ko`rishdi. Bu haqda iLike.uz  nashri ma`lumotlariga tayanib, uz24.uz xabar beradi.

Ularning tekshiruvlari Toshkentdagi mehmonxonalar, aeroport va shahar markazida ko`proq tvit yozilishini ko`rsatdi.

iLike.uz yozishicha, tvitlarning joylashgan o`rnini aniqlovchi xarita Mapbox dasturchisi Erik Fisher tomonidan 3,5 yil vaqt mobaynida ishlab chiqilgan. Xarita o`zida 6 milliarddan ortiq tvitlarning joylashgan o`rnini jamlaydi. Dasturchining so`zlariga ko`ra, Twitter foydalanuvchilari har kuni taxminan 10 million tvit yozadi.

iLike.uz saytidagi suratda tvitlar yoziladigan hududlar yashil nuqtalar bilan belgilangan.

    Boshqa yangiliklar