AsosiyJinoyat

MTPning traktori soliq qarzdorligi uchun xatlandi

'MTPning traktori soliq qarzdorligi uchun xatlandi'ning rasmi

Buxoro viloyat iqtisodiy sudining tegishli ijro hujjatlariga ko`ra qarzdor “Yangi Turmush texnika” MTPdan undiruvchi Respublika byudjeti foydasiga 33.780.200 so`m soliq qarzi undirish to`g`risidagi ijro hujjati bo`yicha Majburiy ijro Byurosining Buxoro tuman bo`limi tomonidan ijro harakatlari olib borilmoqda.

Ijro harakatlari davomida, davlat ijrochilari tomonidan qarzdorga tegishli davlat raqam belgili 80/0183 TAA bo`lgan traktori ro`yxatga olinib xatlandi.

Hozirda ushbu traktor qarzdorning Respublika byudjeti oldidagi qarzdorligini qoplashga qaratilmoqda.

    Boshqa yangiliklar