Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida yashovchi fuqaro tuman Ichki ishlar bo`limiga murojaat etib, besh bosh qoramoli o`g`irlab ketilganini ma`lum qildi, deb xabar bermoqda daryo.uz nashri «Postda» gazetasiga asoslanib.
Ko`rilgan chora-tadbirlar natijasida o`g`rilik qisqa muddatda fosh etildi. Mazkur jinoyatni jabrlanuvchining hamqishlog`i sodir etgani aniqlandi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda. Qoramollar esa egasiga qaytarildi.