AsosiyJamiyat

Toshkentda 57-yo`nalishda harakatlanayotgan avtobusda yong`in yuz berdi

Toshkent shahrida 15 dekabr, dushanba kuni soat 10:00 atrofida Shota Rustaveli ko`chasi bo`ylab harakatlanayotgan 57-yo`nalishdagi Mercedes-Benz Conecto Low Floor avtobusida yong`in yuz berdi. Bu haqda «Kun.uz» xabar bermoqda.

Xabar berishlaricha, avtobusning motor qismida yong`in kelib chiqqanidan so`ng, avtobus yo`lovchilari zudlik bilan evakuasiya qilingan. Avtobus haydovchisi va boshqa avtomobillarning haydovchilari o`t o`chirgichlar yordamida olovni o`chirishga harakat qilishgan, shuningdek, yo`l yoqasidagi ariqdan chelaklab suv sepilgani ham aytilmoqda.

Foto: kun.uz

Foto: kun.uz

Foto: kun.uz

Hodisa joyiga zudlik bilan o`t o`chirish xizmati, shuningdek, yo`l-patrul xizmati xodimlari etib kelgan. Hodisa natijasida Shota Rustaveli ko`chasida tirbandlik yuzaga kelgani aytilmoqda.

Avvalroq, 2014 yil 5 may kuni Toshkent temir yo`l vokzali yaqinida 12-avtobus, 24 iyun kuni «Chorsu» bozori yaqinida 89-avtobus, 14 iyul kuni «Do`stlik» metro bekati yaqinida 148-avtobus va 1 dekabr kuni «Chilonzor» metro bekati yaqinida yana bir avtobus yonib ketgani xabar berilgan edi.

 

    Boshqa yangiliklar