AsosiyJamiyat

Bo`lajak "pojarny"lar dala o`quv mashg`ulotlarini o`tkazdi

'Bo`lajak "pojarny"lar dala o`quv mashg`ulotlarini o`tkazdi'ning rasmi

Yong`in xavfsizligi institutiga o`qishga yangi qabul qilingan 1-bosqich kursantlari bilan dala o`quv mashg`ulotlari o`tkazilmoqda.

Mashg`ulotlar davomida ularga O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi huquqiy asoslari, xizmatni o`tash tartibi, harbiy xizmatchilar uchun belgilangan huquq, majburiyat va vazifalari, jangovar vaziyatning har-xil sharoitlarida harakatlanish usullari, shaxsiy himoya va faol mudofaa vositalarining turlari, ularni qo`llash tartibi va qoidalari bo`yicha asosiy talablar, ommaviy qirg`in qurollari va yondirish vositalarining zararlash faktorlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligida qo`llaniladigan aloqa vositalarining turlari va vazifalari, jismoniy tayyorgarlikning asosiy talablari va mashqlarini bajarish qoidalari, umumharbiy nizomlarning asosiy qoidalari, shaxsiy va jamoaviy gigiena qoidalari hamda saf nizomining asosiy qoidalari mukammal o`rgatib borilmoqda.

Amaliy mashg`ulotlar o`quv dala poligonlarining o`quv sinf xonalari, taktik va saf maydonlarida o`tkazilmoqda. Dala o`quv mashg`ulotlari davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi FVV Yong`in xavfsizligi instituti Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar