AsosiyJamiyat

​Inqilobiy echim: O`zbekistonda xorijiy aviatashuvchilar charter reyslariga subsidiya beriladi

'​Inqilobiy echim: O`zbekistonda xorijiy aviatashuvchilar charter reyslariga subsidiya beriladi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “O`zbekistonda turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi farmoniga asosan 2020 yil 1 yanvardan turizm sohasida faoliyat yurituvchi sub`ektlarning yoki aviatashuvchilarning O`zbekistonga charter reyslari uchun kompensasiya to`lanadi.

Kompensasiya to`lovi O`zbekiston respublikasi Davlat byudjeti va Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi qoshidagi Sayyohlik sohasini qo`llab-quvvatlash byudjetdan tashqari Fondi tomonidan teng miqdorda to`lab beriladi.

Kompensasiya miqdori har bir chet ellik sayyoh uchun mamlakat hududida besh marta tunash sharti bilan 20 AQSh dollari, qishgi mavsumda (20 noyabrdan 20 fevralgacha) – 50 AQSh dollarini tashkil qiladi.

«Bu chora-tadbirlar MDHda birinchi marta joriy qilinmoqda, – deya ta`kidladi bosh vazir o`rinbosari Aziz Abduhakimov. – Biz O`zbekistonga charter reyslari imkoni boricha ko`proq amalga oshirilishi tarafdorimiz. Bu turizm sohasidagi jadal ildamlashga zamin yaratadi».

    Boshqa yangiliklar