AsosiyJamiyat

Madaniy meros ob`ektlari hududida faqat esdalik sovg`a buyumlarini sotish mumkin

'Madaniy meros ob`ektlari hududida faqat esdalik sovg`a buyumlarini sotish mumkin'ning rasmi

O`zbekistonda YuNESKOning butunjahon merosi ro`yxatiga kiritilgan madaniy meros ob`ektlari va davlat himoyasiga olingan tarixiy yodgorliklar joylashgan hududlarda faqat mahalliy hunarmandlarning esdalik, sovg`a mahsulotlarini sotishga ruhsat etiladi.

Bu talablar Prezidentning “O`zbekiston Respublikasida turizm sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi yangi Farmonida nazarda tutilgan.

Ushbu chora-tadbirlarni joriy qilishdan maqsad O`zbekistonning madaniy merosini ommalashtirish, mahalliy hunarmandchilik, amaliy san`at turlari bilan shug`ullanuvchi ustalarni qo`llab-quvvatlash hamda yurtimizda ishlab chiqariladigan sovg`abop mahsulotlar savdosini rivojlantirishga qaratilgan.

    Boshqa yangiliklar