AsosiyJamiyat

15 avgustdan poytaxtdagi avtobus va metrolarda yo`lkira narxi oshdi

'15 avgustdan poytaxtdagi avtobus va metrolarda yo`lkira narxi oshdi'ning rasmi

15 avgustdan boshlab Toshkentda avtobus va metroda yo`lkira narxi 200 so`mga oshirilib, 1400 so`mni tashkil etadi. Bu haqda tashtrans.uz xabar qildi.

Poytaxt hokimligi xabariga ko`ra, Transport vazirligi va Toshkent shahar hokimligi avtobus va metroda yo`lkira haqini 16,7 foizga oshirish hamda uni har bir safar uchun 1400 so`m miqdorida belgilash haqida taklif kiritgan. Bunda oylik yo`l kartochkalari narxi hozirgi darajada saqlab qolish to`g`risidagi qarorga kelingan.

Ish haqining oshishi va yoqilg`i hamda ehtiyot qismlariga narxlarning ko`tarilishi, shuningdek, aholining ijtimoiy himoyasini ta`minlash va shahar transportida yo`qotishlarni kamaytirish bo`yicha ma`lumotlarning tahlili natijasida Moliya vazirligi taklif etilgan tariflarni tasdiqladi.

Eslatib o`tamiz, 15 avgustgacha yo`lkira haqi 1200 so`mni tashkil etgan bo`lib, ushbu tarif 2016 yil aprel oyida o`rnatilgan, o`shanda ham yo`lkira narxi 200 so`mga ko`tarilgandi.

Boshqa yangiliklar