AsosiyJamiyat

Oddiy askar xizmat iti bilan rekord o`rnatdi

'Oddiy askar  xizmat iti bilan rekord o`rnatdi'ning rasmi

Toshkent harbiy okrugi harbiy qismlarining birida Rossiya Federasiyasining Dmitrov shahrida Xalqaro armiya o`yinlari doirasida o`tkazilgan «Sodiq do`st» musobaqasida faxrli 2-o`rinni qo`lga kiritshartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq Dilmurodovni tantanali taqdirlash marosimi bo`lib o`tdi.


Gap shundaki, musobaqa yakunida O`zbekiston bilan Belarus jamoalari deyarli teng ball yig`ishgan edi. Shunga ko`ra, birinchi o`rinni Rossiya Federasiyasi, ikkinchi o`rinni Belarus va uchinchi o`rinni O`zbekiston jamoasi qo`lga kiritgani oydinlashdi. Ammo 11 avgustda bo`lib o`tgan taqdirlash marosimida mamlakatimiz nomidan qatnashgan shartnoma bo`yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Sodiq Dilmurodovning “Klift” laqabli xizmat iti bilan rekord o`rnatgani hakamlar hay`tining qarori o`zgarishiga sabab bo`ldi!

Tantanali marosimda harbiy qism komandiri, polkovnik Ismoil Qurbonov so`zga chiqib, g`olib sha`niga iliq tilaklar bildirdi va esdalik sovg`alarni topshirdi.

Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati

    Boshqa yangiliklar