Toshkent harbiy okrugi Qo`shinlari Qo`mondonligi tomonidan Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan bir guruh kam ta`minlangan va ko`p bolali oila farzandlariga sovg`alar ulashildi.
Yuqori qo`mondonlik vakillari tomonidan
Toshkent harbiy okrugi ko`plab jamoat tashkilotlari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo`lga qo`ygan bo`lib, ularga doimiy moddiy va ma`naviy ko`mak berib keladi. Xususan, mahalla kesimida kam ta`minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oila va ularning farzandlari bilan turli ma`naviy ma`rifiy tadbirlar, ekskursiyalar ushtirib kelinmoqda.
Bugungi tadbirda poytaxtimizning Mirzo Ulug`bek tumaniga qarashli “Katta Qorasuv”, “Shukur Burxonov”, “Chimyon”MFY raislari hamda ushbu mahallalarda istiqomat qilayotgan ota-onalar farzandlari bilan ishtirok etdi.
– Ushbu muhim tashabbusning bosh maqsadi kam ta`minlangan oila farzandlarini rag`batlantirish orqali bilim olishga undash, – deydi “Katta Qorasuv” mahallasi raisi Naima Jabborova. – Toshkent harbiy okrugi bilan bir necha yillardan beri hamkorlik qilamiz. Qo`mondonlikning ushbu tashabbusi yangi o`quv yili arafasida turgan bolajonlarni bag`oyat xursand qildi. Ushbu navnihollar o`zlariga berilgan yuksak e`tiborni kelgusida o`z bilim va yutuqlari bilan albatta ko`rsatishadi.
Tadbirning badiiy qismini Chirchiq garnizoni ma`naviyat va ma`rifat markazi ansambli jamoasi o`zining kuy-qo`shiqlari bilan ochib bergan bo`lsa, “Navqiron” guruhi vakillari o`z chiqishlari bilan barchaga tabassum ulashdi. “Umid” raqs ansambli tomonidan ijro etilgan raqslar esa raqslarga ulandi.
Toshkent harbiy okrugi Matbuot xizmati