Joriy yilning 9-12 avgust kunlari Tailandning Pattayya shahrida bo`lib o`tgan “Jiu-jitsu Tailand Gran-pri ochiq chempionati”da O`zbekiston terma jamoasi 8 nafar sportchi tarkibida munosib ishtirok etdi va 9ta (2ta oltin, 3ta kumush, 4ta bronza) medalga sazovor bo`ldi.
Shu jumladan, jamoa tarkibidagi O`zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti harbiy xizmatchilari 3ta medal (K.Usmonov – 1ta oltin, 1ta bronza; I.Xasanov – 1 ta kumush)ni qo`lga kiritdi.
Aytib o`tish joiz-ki, ushbu xalqaro musobaqada o`z mahoratlarini namoyish etgan 40dan ortiq davlatlarning jamoalari orasida bizning terma jamoa 7-o`rinni egalladi.
Yurtimizga qaytib kelgan sportchilarimiz I.Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida harbiy orkestr sadolari ostida kutib olindi.
Nafosat Zafarova, Milliy gvardiyasi matbuot xizmati etakchi mutaxassisi