AsosiyJamiyat

O`zbekistonlik yoshlar “Eurasia Global” xalqaro yoshlar forumida o`z loyihalari bilan ishtirok etyapti

'O`zbekistonlik yoshlar “Eurasia Global” xalqaro yoshlar forumida o`z loyihalari bilan ishtirok etyapti'ning rasmi

Rossiya Federasiyasining Yoshlar masalalari bo`yicha Federal agentligi tomonidan 12-18 avgust kunlari Orenburg shahrida “Eurasia Global” xalqaro yoshlar forumi o`tkazilmoqda. Unda ishtirok etayotgan 800 nafar yoshlarning 500 nafarini Qozog`iston, Qirg`iziston, Turkmaniston, Latviya, Hindiston, Pokiston, Yaponiya, Eron Turkiya, Avstraliya, Ispaniya, Xitoy, Armaniston, Ozarbayjon hamda Gresiya kabi qator xorijiy davlatlar vakillari tashkil etadi. Xalqaro Forumda O`zbekiston delegasiyasi vakillariham o`z loyihalari va taqdimotlari bilan qatnashyapti.

Unda vakillarimiz “Loyiha atrofida jamoani shakllantirish usullari”, “Biznes – ommaviy diplomatiya vositasi”, “Jamoaviy loyihalar yaratish” mavzularidagi seminarlarda o`z tajribalarini yanada boyitmoqda. Xalqaro yoshlar davrasida dunyoning turli burchaklaridagi ko`ngilli yoshlarni ruhlantirish, jozibali fikrlash, etakchilik qobiliyatini shakllantirish, insonning ruhiy holati va kasb tanlash mahorati bo`yicha ham qizg`in muhokamalar olib borildi.

Shuningdek, MDHga a`zo davlatlarning tarixi va istiqbollari, ko`pmillatli yoshlar jamoasini boshqarish bo`yicha o`tkazilayotgan muloqotlarda turli takliflar o`rtaga tashlandi.

Bundan tashqari, A.M.Gorchakova nomidagi ommaviy diplomatiyani qo`llab-quvvatlash Fondi mazkur forum doirasida xorijiy davlatlar ishtirokchilari uchun grant tanlovlari o`tkazadi. Tanlovda vakillarimiz ham o`z loyihalari bilan ishtirok etadi.

Forum doirasidagi tadbirlarda ijtimoiy loyihalashtirish, yoshlar startaplari, madaniyat, san`at, tarix va yangi media bo`yicha fikrva tajriba almashyapmiz, – deydi Andijon viloyati, Baliqchi tumani “Oltin Er Himoya” AJ boshqaruvi raisi, “Mard o`g`lon” davlat mukofoti sovrindori Shahrizod Musaboev. — “Eko.uz smart box” nomli loyiham bilan grant tanlovida ham qatnashib, ekologik muammolarni bartaraf etishga hissa qo`shmoqchiman.

Shahnoza Nurullaeva

    Boshqa yangiliklar