AsosiyJamiyat

O`zbekistonda nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda

'O`zbekistonda nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda'ning rasmi

Oliy Majlis Qonunchilik palatasida nikoh yoshi ayollar uchun 18 yosh etib belgilash masalasi ko`rib chiqildi. Bu haqda deputat Rasul Kusherbaev o`zining Telegram kanalida ma`lum qildi.

“16 avgust kuni o`tkazilgan fraksiya majlisida «O`zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 15-moddasiga o`zgartirish kiritish haqida»gi O`zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasi doirasida ushbu masala ko`rib chiqilib, ma`qullangan. Endi loyiha navbatdagi yalpi majlisda ko`rib chiqiladi.

“Bola huquqlari to`g`risida”gi Konvensiyaning 1-moddasiga ko`ra 18 yoshga to`lmagan har qanday inson bola hisoblanadi. O`zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga 1992 yil 9 dekabrda qo`shilgan. Biroq O`zbekiston milliy qonunchiligida 18 yoshga etmagan shaxsni nikoh tuzishga (turmushga chiqishiga) ruxsat berilishi haqidagi normaning mavjudligi xalqaro huquqning umume`tirof etilgan normalari va prinsiplariga muvofiq emas edi.

Yuqoridagilarga asosan, Oila kodeksining 15-moddasi birinchi qismi bilan nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun 18 yosh etib belgilanmoqda. Amalda esa 17 yosh.

Ma`lumotlarga ko`ra, FHDYo organlari tomonidan 17 yoshda nikohi qayd etilgan xotin-qizlar soni 2016 yilda 4233 tani, 2017 yilda 4853 tani va 2018 yilda 5123 tani tashkil etgan.

Ta`kidlanishicha, qonunning qabul qilinishi xotin-qizlarni erta nikohini va erta tug`rug`ini oldini olishga xizmat qiladi. Qonun loyihasini ishlab chiqish jarayonida xorijiy mamlakatlarda nikoh yoshini belgilanganligi holati ham o`rganilgan. Jumladan, Rossiya, Armaniston, Tojikiston, Ozarbayjon, Ukraina, Moldova, Fransiya, Germaniya va Filippin Respublikasida nikoh yoshi erkaklar va ayollar uchun o`n sakkiz yosh etib belgilangan”.

    Boshqa yangiliklar