AsosiyJamiyat

Kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga kuch ishlatayotganlarga nisbatan qonuniy chora...

'Kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga kuch ishlatayotganlarga nisbatan qonuniy chora... 'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda kasb vazifasini bajarayotgan shaxslarga nisbatan ayrim fuqarolar tomonidan kuch ishlatish holatlari aks etgan videoyozuvlar tarqalmoqda. Bunday holatda qonunchilikda qanday javobgarlik ko`zda tutilgan? Ushbu savolga Adliya vazirligi vakillari javob berishdi...

O`z xizmat yoki fuqarolik burchini bajarayotgan shaxslarga nisbatan noqonuniy harakatlarni sodir etish javobgarlikka sabab bo`ladi.

Xususan, bunday harakatlarni sodir etgan shaxslarga nisbatan:

  • qasddan badanga og`ir shikast etkazish – 5 yildan 8 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
  • qasddan badanga o`rtacha og`ir shikast etkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
  • haqorat qilish – eng kam oylik ish haqining 400 baravaridan 600 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan;
  • mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar etkazish – 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

    Boshqa yangiliklar