AsosiyJamiyat

Respublikamizning barcha viloyatlarida 50 dan ortiq “Iste`molchi kututbxonalari” qurilmoqda

'Respublikamizning barcha viloyatlarida 50 dan ortiq “Iste`molchi kututbxonalari” qurilmoqda'ning rasmi

Ayni vaqtda respublikamizning barcha viloyatlarida 50 dan ortiq “Iste`molchi kututbxonalari” qurilmoqda. Bu haqda Iste`molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federasiyasi xodimi Ahmadali Hakimov "Darakchi"ga ma`lum qildi.


"Bugun aholining kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, yoshlarning kitobga bo`lgan qiziqishlarini kuchaytirish borasida zarur shart-sharoitlar yaratilayotganligiga barchamiz guvoh bo`lib turibmiz. Ish faoliyatim davomida ushbu jarayonlarga daxldor inson sifatida “Iste`molchi kutubxonalari”ni qurish loyihasini ishlab chiqdim", deb yozadi loyiha muallifi.

Xabar berilishicha, bugunda Farg`ona viloyatining Oltiariq tumanida yoshlar uchun bepul, barcha imkoniyatlarga ega kutubxona o`z faoliyatini boshlagan. Rishton, Bag`dod, Farg`ona, Dang`ara tumanlari hamda Farg`ona shahrida ham ana shunday mo``jaz kutubxonalarning qurilish ishlari yakuniga etkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar